DXX Chegara qoʻshinlari va Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir doirasida Buloqboshi tumani hududida harakatlanayotgan «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan ikki nafar shaxsning yonida 470 gramm gashish moddasi borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu taqiqlangan modda qoʻshni davlatdan kontrabanda qilinganligi maʼlum boʻldi.
Boshqa holatda esa DXX Chegara qoʻshinlari va Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilib, ushbu manzildan quritilgan holatda saqlanayotgan 482 gramm koʻknori giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.














