AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi vakili Tayler Xoultonning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar va Meksika çegaralariga yaqinlaşayotgan «migrantlar karvoni»da jinoiy tödalar vakillari va «katta» jinoiy tarixga ega bölgan şaxslar borligi qayd etilgan. Bu haqda Xoultonning tvitterida xabar beriladi.
«Içki xavfsizlik vazirligi karvonda tödalarga a'zo bölgan yoki jiddiy jinoiy tarixga ega bölgan kişilar borligini tasdiqlaydi», - deyiladi idora vakilining xabarida.
Şuning uçun, Xoultonning ta'kidlaşiça, yetti ming kişilik karvonni töxtatiş milliy xavfsizlik masalasidir.
Şuningdek, vazirlik vakili Qöşma Ştatlarga kelmoqçi bölganlarni, buni «töğri va qonuniy» yöl bilan amalga oşirişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuela «migrantlar karvoni»ga homiylik qilişda ayblangandi.
AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pencning fikriça, Venesuela hukumati Qöşma Ştatlar va Meksika çegaralariga yaqinlaşib kelayotgan «migrantlar karvoni»ni moliyalaştiryapti.
Pensning qayd etilişiça, Honduras yetakçisi Xuan Orlando Ernandes «karvon»ni moliyalaştiriş uçun mablağ manbasi haqida aytgan - uning ma'lumotlariga köra, migrantlar guruhiga bu davlatdagi söl harakat homiylik qilyapti, u esa, öz navbatida, Venesuela hukumatidan pul oladi.












