AQŞ prezidenti Donald Tramp maxsus farmonni qöllaş orqali mamlakat janubiy çegarasini migrantlardan yopib qöyiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda The Washington Post manbalarga asosan xabar berdi.

Amerika prezidenti çegarani yopiş, barça migrantlarga boşpana berişdan boş tortiş va xavfsizlikni ta'minlaş uçun qöşimça qöşinlar joylaştirişni rejalaştirmoqda.

Buning uçun Tramp maxsus prezidentlik farmonidan foydalanişni xohlamoqda, u milliy xavfsizlik manfaatlari yölida migrantlar uçun boşpana beriş böyiça arizalarni körib çiqişni taqiqlaydi. Uşbu qadam Amerika Qöşma Ştatlariga kirişga taqiqqa öxşaydi, u Tramp tomonidan ötgan yili bir neça davlat fuqarolariga nisbatan joriy etildi hamda Amerika sudlari tomonidan e'tirozlarga sabab böldi.

Hozirgi paytda Amerika Qöşma Ştatlari va Meksika çegarasiga Markaziy Amerikadan «migrantlar karvoni» yaqinlaşib kelmoqda, ular AQŞdan boşpana taqdim etişni talab qilişni rejalaştirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ «migrantlar karvoni»da gangsterlarni aniqlagandi.