“GM Uzbekistan” AJ Toşkent viloyati Piskent tumanida joylaşgan 8 kilometr uzunlikdagi avtodromda “Malibu” avtomobilining yangi özlaştirilgan turbodvigatelli modelini namoyiş qildi va test-drayvdan ötkazdi.

Video: TasIX

Video: Facebook

Video: You Tube

“Malibu”ning yangi avloddagi modeli quvvati 253 ot kuçiga teng va bu körsatkiç uning 2,5 litr hajmli dvigatelga ega (186 ot kuçi) rusumdoşi bilan taqqoslaganda 67 ot kuçiga köproq, joyidan 100 km/soat tezlikka erişişi esa 1,7 soniyaga tezroqdir. Turbodvigatelli model aralaş siklda 100 km masofaga 8,5 litr, şahar siklida esa 10 litr yoqilği sarflaydi. Avtomobil uçun AI-95 rusumidagi yoqilği tavsiya qilinadi.

Mahalliy bozor uçun möljallangan yangi “Malibu Turbo” joriy yilning 15 sentabridan keng şartnomalaş uçun taqdim etildi. Turbodvigatelli modelning narxi 302 million 62 ming 301 sömni taşkil qiladi. “GM Uzbekistan” kompaniyasi rasmiylariga köra şu kungaça 281 mijoz avtomobilni xarid qiliş uçun tölovlarni amalga oşirgan.