«Barselona» boş murabbiyi Ernesto Valverde Primera navbatdagi turidan örin olgan «Real»ga qarşi öyindan oldin, öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Klasiko mavsumning boşqa öyinlari oldida alohida ajralib turadi. Bunda raqibning qanday holatda ekanining ahamiyati yöq. Menimça, yaralangan «Real» ikki karra xavfliroq, şu tufayli ham, işlari joyida bölgan «Real»ga qarşi öynaşni afzal körgan bölardim. 

«Real» ham, «Barselona» ham jamoaviy öyinlari bilan nom qozongan. Şu tufayli, Ronaldu va Messining yöqligi öyinga ta'sir qilmasa kerak. Kimdir ularsiz Klasiko öladi degan edi, ammo bu bekor gap! Klasiko ular tuğilmasidan oldin ham buyuk öyin bölgan, hozir ham şunday va kelajakda ham şundayligiça qoladi», - dedi Valverde.

«Barselona» - «Real» öyini 28 oktabr kuni soat 19:15da boşlanadi.