Dunyoning sobiq birinçi raqamli erkak tennisçisi Rojyer Federer Bazelda ötgan musobaqada ğolib bölib, Professional tennisçilar uyuşmasi – ATP’dagi 99-musobaqasini yutdi. Federer musobaqa finalida ruminiyalik raqibi Mariuş Kopilani 7:6 (7:5), 6:4 hisobida mağlubiyatga uçratgan.

Federer hisobida uşbu musobaqalardagi 9 ğalaba bor. U bu musobaqalardagi oxirgi 20 ta öyinida ğalaba qozongan va qatorasiga 12 marta uşbu musobaqa finalida iştirok etdi.  

Şveytsariyalik tennisçi mavsum oxirigaça Parijdagi “Masters” seriyasi musobaqasida öynamoqçi. Şuningdek, Rojyer Londondagi O2 arenasida noyabrda ötadigan ATP’ning yakuniy çempionatiga yöllanma olgan.