Prezident Şavkat Mirziyoyev Indoneziyaning “Lion Air” kompaniyasiga tegişli samolyotning qulaşi oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga çuqur ta'ziya bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yölovçi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgaç halokatga uçradi. Samolyot parvozga çiqqanidan keyin taxminan ön daqiqa ötib radarlardan yöqolib qolgan.
Flightradar samolyotlar parvozlarini kuzatiş bilan şuğullanuvçi resurs ma'lumotlariga köra, layner Yava orolining ğarbiy qirğoği yaqinida dengizga qulagan. Indoneziyada halokatga uçragan samolyot bortida 188 kişi bölgan.
Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yölovçi samolyoti halokatga uçradi













