Tadbirkorlik sohalari, ommaviy axborot vositalari hamda turizm industriyasi hozirgi kunda yoşlarni qiziqtirgan yönalişlardan hisoblanadi. 

Turizm, xususan, içki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmoğidir. Mamlakatimizning har bir hududi öziga xos turistik jozibaga ega. Şu bois turizm, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik sohalarini uyğunlaştirgan holda rivojlantiriş hisobidan minglab yangi iş örinlari yaratiş mumkin. Ayniqsa, bu borada içki turizm imkoniyatlaridan tölaqonli foydalaniş, yoşlar turizmini ommalaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ayni şu maqsadda ikki davlatning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlanişiga xizmat qiluvçi «Özbekiston-Rossiya yoşlari forumi. Hamkorlik, taşabbus va innovatsiya» forumi taşkil etildi.

Mazkur forum joriy yilning 28 oktabridan 1 noyabrigaça Toşkent, Samarqand va Buxoro şaharlarida bölib ötadi.

28 oktabr kuni Rossiya davlati delegatlari Özbekistonda iliq kutib olinib, Toşkentning diqqatga sazovor joylariga yomğir ostidagi sayohat uyuştirildi. Mehmonlar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasiga taşrif buyurişdi. Sayohat davomida Temuriylar tarixi davri, Temuriylar davlat boşqaruvi, sulolalarning uzoq yillik taxt boşqaruvi haqida atrofliça ma'lumotlarga ega bölişdi. Hazrati Imom majmuasida esa islom dini tarixi haqida tuşunça hosil qilişdi.

«82 nafardan iborat delegatsiyaning taşrifi turli sohalarda hamkorlik aloqalarini örnatiş,  özaro muloqot, tajriba almaşiş muhitini yaratiş, tadbirkorlik, turizm sohalarini rivojlantiriş, yoşlar masalalari böyiça hamkorlikni kuçaytirişga oid muhokamalarga bağişlangan. Mazkur forum Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan Rossiya yoşlar ittifoqi örtasida imzolangan özaro hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumiga muvofiq ötkazilmoqda», — deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi Xalqaro bölim boş mutaxassisi Munisa Nurmatova.

Delegatlarda Özbekistonga bölgan qiziqiş, yoşlar masalalari böyiça olib borilayotgan izçil islohotlar katta qiziqiş uyğotib, ularning taassurotlarini ezgu fikrlar bilan boyitdi. Ikki mamlakat yoşlari turizm, ommaviy axborot vositalari hamda tadbirkorlik turizm sohalarini rivojlantiriş istiqbollari, yoşlar taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilinadi.