Işonçlilik hamişa har qanday texnika, jumladan avtomobillarning eng muhim körsatkiçlaridan biri bölgan. AQŞning Consumer Reports naşri mutaxassislari tadqiqot ötkazib, 500 mingdan köproq avtomobil egalarining fikrlari böyiça 2017 yilning eng işonçli avtomobillarini ma'lum qilişdi.
Tadqiqot natijalariga köra, eng işonçli maşinalar yapon markalari modellari ekanligi aniqlandi. Reytingda 1-örinni maksimal 100 balldan 78 ball olgan Lexus markasi egalladi. Aynan şu marka modellarida 2016 yildagidek eng kam nosozliklar qayd qilingan.
2-örinni 76 ball olgan Toyota, 3-örinni Mazda egallagan. Vaholanki, Mazda modellari 2016 yilgi reytingda eng buziluvçi modellardan biri deb topilib, 12-örinni egallagandi.
Yaponiyaning Subaru va Janubiy Koreyaning KIA markasi mos ravişda 4- va 5-örinni egallagan. Reytingning oxirgi örinlaridan Tesla, Cadillac va Volvo joy egallagan.
Modellar içida Lexus GX yöltanlamasi eng işonçli maşina deb topilgan. 2- va 3-örinlarni Toyota Prius C va Toyota Prius Time, 4- va 5-örinlarni Mazda MX-5 Miata va Toyota Corolla egallagan.













