Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Ravşan Ayuboviç Ğulomov boşqa işga ötişi munosabati bilan öz lavozimini tark etgan. Prezidentning uni lavozimdan ozod etiş böyiça farmoni imzolangan. 

Turli yillarda Markaziy bank raisi birinçi örinbosari (2001-2004), Özbekiston Milliy banki raisi birinçi örinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinçi örinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Taşqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinçi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori bölib işlagan Ravşan Ğulomov 2017 yil aprelidan buyon davlat raqobat qömitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Ravşan Ğulomov / UzReport

Biroz avvalroq Davlat raqobat qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği özgargandi.