Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi 2021 yilning 1-31 dekabr kunlari «Toşkent qişloq höjaligi mahsulotlari ulgurji bozori» AJ (Qöyliq) va Eski jöva (Çorsu) dehqon bozorlaridagi asosiy iste’mol tovarlari ulgurji narxlarining özgarişi böyiça tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.
«Uşbu davr mobaynida bozorda uzum (rizomat) 10 000 sömga, apelsin 9 500 sömga, mandarin 5 000 sömga, limon 2 500 sömga, olma va sarimsoq piyoz 1 500 sömga, sariq sabzi 1 350 sömga, qizil sabzi 1 100 sömga, loviya 1 000 sömga va kartoşka 125 sömga arzonlagan.
Şu bilan birga, baqlajon 14 250 sömga, bulğor qalampiri (qizil) 8 500 sömga, bulğor qalampiri (yaşil) 8 250 sömga, nok (mahalliy) 9 000 sömga, nok (import) 5 500 sömga, bodring 7 125 sömga, pomidor 750 sömga, nöxot 1 500 va guruç (alanga) 250 sömga oşgan», deyiladi xabarda.
Davlat bojxona qömitasining ma’lumotlariga köra, 2021 yil 1-31 dekabr kunlari umumiy qiymati 94,2 mln dollarlik jami 129,2 ming tonna qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilingan.












