Doing Business’ning yangi reytingiga köra, Özbekiston 190 mamlakat içidan 76-örinni egalladi. Ötgan yili esa mamlakat uşbu reytingning 74-poğonasida qayd etilgan edi. 

Reytingga muvofiq, Özbekistonda biznes yuritiş qulayligi körsatkiçi ötgan yilga nisbatan 1,08 foizga oşib, 67,4 foizni taşkil qilgan. 

Şuningdek, Özbekiston “Korxonalarni röyxatdan ötkaziş” böyiça - 12, “Elektr ta'minot tizimiga ulaniş” böyiça – 35, “Şartnomalar ijrosini ta'minlaş” böyiça – 41, “Kredit oliş” böyiça – 60, “Minoritar investorlar himoyasi” böyiça – 64, “Soliqqa tortiş” böyiça – 64, “Mulkni röyxatdan ötkaziş” böyiça – 71, “Qurilişga ruxsat oliş” böyiça – 134 va “Xalqaro savdo” böyiça 165-örinni egalladi. 

Bundan taşqari, Doing Business reytingida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozoğiston – 28-örinda, Qirğiziston – 70-örinda va Tojikiston 126-örinlarda kelgan.