Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi kömagida televideniye, radio, matbuot naşrlari, internet saytlari, naşriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari örtasida Agentlik kubogi uçun mini-futbol musobaqasi ötkazilişini e'lon qildi.
Musobaqa 5 ta guruhga bölingan jamoalar örtasida taşkil etiladi.
“A” guruhida mamlakat televideniyelari, “V” guruhida radiokanallari, “S” guruhida respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari, “D” guruhida internet tarmoğida OAV sifatida faoliyat körsatayotgan veb-saytlar, “E” guruhida Agentlik tizimidagi korxonalarning jamoalari özaro bellaşadilar.
Jamoalar yönalişidan kelib çiqib, bitta tahririyatdan yoki bir yönalişdagi bir neçta tahririyat vakillaridan tuzilişi, jamoa a'zolarining umumiy soni 8 nafardan kam bölmasligi lozim.
Uçraşuvlar Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar iştirokida mini-futbol qoidalariga köra taşkil qilinadi.
Musobaqada iştirok etiş uçun arizalar hamda jamoalar röyxati joriy yilning 1 noyabridan 15 noyabriga qadar Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qabul qilinadi. Jamoalar musobaqada iştirok etiş haqida:
- ariza;
- jamoa röyxati;
- jamoa a'zolarining har biri OAV yoki naşriyotda işlaşi haqidagi ma'lumot nusxasini taqdim etişi lozim.
Ğoliblar quyidagi körinişda mukofotlanadi:
1-örinni egallagan jamoa a'zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million söm pul mablaği.
2-örinni egallagan jamoa a'zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million söm pul mablaği.
3-örinni egallagan jamoa a'zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million söm pul mablaği.
Şuningdek, “Eng yaxşi öyinçi”, “Eng yaxşi töpurar”, “Eng yaxşi darvozabon”, “Eng yaxşi yarim himoyaçi” hamda “Eng yaxşi himoyaçi” kabi nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.

















