Qirğizistonda Qambarota-1 GESi qurilişi 2027 yoki 2028-yilda boşlanişi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Jalolobod viloyatining Toşkömir va Qoraköl şaharlari aholisi bilan uçraşuvda maʼlum qildi.

Muloqot davomida u Qambarota GESi qurilişi haqida gapirarkan, mazkur loyiha mamlakat uçun katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi.

Sadir Japarovning sözlariga köra, GES qurilişi yaqin yillarda boşlanişi mumkin.

«Qambarota-1 böyiça tayyorgarlik işlari yakunlandi. Xudo xohlasa, kelasi 2027 yoki 2028-yilda qurilişni boşlaymiz va beş-olti yil içida qurib bitkazamiz», - dedi u.

Qambarota-1 GESi Norin daryosida qurilişi rejalaştirilgan. Loyiha Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston tomonidan amalga oşirilmoqda. GES qurib bitkazilgaç, yiliga 6 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda.

Uning qiymati 4,2 mlrd dollar deb baholangan.