Sud-tibbiy espertiza natijalariga köra, 2018 yil 31 oktabr kuni Toşkent şahar Çilonzor tumani, Dilxuş köçasi 37-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro A.Akbarov xonadonida röy bergan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan ötkir zaharlaniş sabab bölgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika boş Davlat sanitariya vraçi Saidmurod Saidaliyev ma'lum qilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, mazkur xonadon egasi Alişer Akbarovning 42 yoşli rafiqasi Umida Xaitova 2018 yilning 30 oktabr kuni soat 20:00 atrofida uyi yaqinida joylaşgan 16-şahar kasalxonasi qarşisidagi milliy taomlar kafesidan beş dona sixga tortilgan qiyma kabob, tandir non va töğrab, sirka sepilgan piyoz sotib olgan.
U kabobni uyda, soat taxminan 20:30da farzandlari bilan birgalikda iste'mol qilgan. Onaning sözlariga köra, kabobda noxuş hid va ta'm bölmagan.
Soat 23:30larda bolalar uyning ikkinçi qavatidagi xonaga çiqib, uxlaşgan. Ularda heç qanday kasallik belgilari kuzatilmagan. Taxminan soat 23:30larda U.Xaitovaning boşi qattiq oğrigan, köngli aynigan va köp marta qayt qilgan. Xonadon egasi A.Akbarov bu vaqtda uyda bölmagan, taxminan soat 24:00da uyga qaytgan. Turmuş örtoğining soğliği yomonlaşgani töğrisida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilişmagan. Er-xotin binoning birinçi qavatida uxlaşgan.
2018 yil 31 oktabr tonggi soat 4 larda U.Xaitova ikkinçi qavatdagi farzandlari uxlayotgan xonani oçib körganda farzandlari oğzidan köpik çiqib, behuş holda yotganini körgan va tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan. Soat 04:30da tez tibbiy yordam mutaxassislari kelib, ular tomonidan U.Xaitovaning qizlari Aziza Akbarova (1996 yil), E'zoza Akbarova (2001 yil), Iroda Akbarova (2003 yil) va öğli Farrux Akbarov (2012 yil)da biologik ölim holati qayd etilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilişiça, ayni paytda is gazidan yengil darajada ötkir zaharlangan U.Xayitovaga Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam körsatilmoqda, uning ahvoli qoniqarli.
Ma'lumot uçun, uşbu xonadon egalari Dilxuş köçasi 37-uydagi yangi qurilgan 3 qavatli binoga yaqinda köçib ötişgan. Uy yertölada örnatilgan, tabiiy gazda işlaydigan isitiş qozoni orqali isitiladi.









