Zambiyada juda katta zumrad kristalli topildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Foto: Gemfields

2 oktabr kuni geolog Debapriya Rakşit va konçi Riçard Kapeyta Britaniyaning rangli qimmatbaho toşlar qazib oliş böyiça Gemfields kompaniyasiga qaraşli Kagem konida oğirligi 5655 karat (1,1 kg) bölgan zumradni topişdi.

Kompaniya vakillari toşning «noodatiy» sofligi va uning «mutlaqo muvozanatga ega oltin-yaşil rangi»ni qayd etişdi. Ularning ta'kidlaşiça, sönggi oylar davomida konning öşa qismida köplab noodatiy toşlar topilgan, biroq ular bu topilma bilan hajm, rang va sofligi böyiça raqobatlaşa olmaydi. Toşga «Inkalamu» nomi berildi, u bembu tilidan tarjima qilinganda şer ma'nosini beradi.

Foto: Gemfields

Gemfields gemmologi Elena Besalya buni sanoat uçun «muhim topilma», deb atadi. Uning qayd etişiça, Zambiyadan topilgan yuqori sifatli zumradlar Yevropaning yetakçi zargarlik uylarida katta talabga ega. Ayni paytda, «Inkalamu»dan qança qirralangan zumradlar paydo bölişini aytiş qiyin, lekin «bu toş gemmologiya tarixiga kirişi aniq».

Toş noyabr oyida Singapurda savdolarga qöyiladi. Uning taxminiy qiymati ikki million funt sterling.