Qohiradagi Şarq arxeologiyasi Frantsuz instituti va Angliyadagi Liverpul universiteti olimlari qadimiy misrliklar ehromlarni qurişda foydalanganlari taxmin qilinayotgan qurilmani topişdi.   

Arxeologlar misrliklar alebastr olgan, Luksor yaqinidagi karerlardan birida katta yuklarni kötariş uçun qöllangan bölişi mumkin bölgan pandus izlarini topişgan. Topilmaning taxminiy yoşi 4,5 ming yilga baholangan.

Konstruktsiya markazida qiya holdagi maydonça bölib, uning ikki tomonida zinapoyalar va teşiklar bölgan. Teşiklarga yoğoç xodalar tiqilib, ular atrofida arqon öralgan bölişi mumkin. Köp tonnalik bloklar yoğoç “çana”larga mahkamlangan. Şundan keyin quruvçilar arqonlarni tortib, bloklarni 20 gradus burçak ostidagi maydonça böylab surişgan.

Olimlar avval ham misrliklar bunday konstruksiyadan foydalangan bölişlari mumkinligini taxmin qilişgan, biroq bu tizimni ilk bor aniqlaşdi.

Misr ehromlari sayyoramizda hozirgaça saqlanib qolgan eng qadimiy toş inşootlaridan biri bölib, uning katta qismi fir'avnlar uçun daxmalar sifatida qurilgan.