UFC çempioni Habib Nurmagomedov boksçi Floyd Meyuezer bilan ikkita jang ötkazişga umid qilmoqda. Bir jang boks qoidalari böyiça, yana bir jang esa MMA qoidalari böyiça ötişi kerak, deb xabar berdi Talksport.

"Agar Floyd Meyuezer bilan ikki tomonlama kelişuv imzolasak, muxlislar qanoat hosil qilişadi. Birinçi bahs ringda, ikkinçisi esa qafas içida böladi. Men özimni boksda sinab körmoqçiman. Bu adolatli bölgan bölardi", — deya Nurmagomedovdan iqtibos keltiradi beIN Sports.

Oktyabr örtalarida Nurmagomedov Meyuezerga jang ötkazişni taklif qilgan va amerikalik boksçi telekanallarni jangni translyatsiya qiliş huquqini sotib oliş uçun pullarini tayyorlaşga çaqirgandi.  

Meyuezer va Nurmagomedov özlari qatnaşadişgan sport turlarida biror marta ham mağlub bölişmagan. 2017 yilda Meyuzer UFC vakili Konor Makgregorni boks qoidalari böyiça mağlub etgan, Nurmagomedov esa oltinçi oktabr kuni Makgregor ustidan las-Vegasda bölib ötgan MMA turnirida ğalaba qozongan.