Filippinlik boksçi Menni Pakyao Floyd Meyuezer bilan revanş jangida qatnaşiş uçun boksga qaytmoqçi. Bu haqda Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouç ma'lum qilgan.
«Bu bizni ringga qaytaradigan yagona sabab. Meyuezerga qarşi öyinni yaxşilab tomoşa qilsangiz, öşa jangda Menni köproq zarba yöllaganini körasiz. Uning jismoniy tayyorgarli joyida. Işonçim komil, Menni Meyuezerni yançib taşlaydi»,- deydi Rouç.
Ötgan yilning 2 may kuni Pakyao hamda Meyuezer örtasidagi jang ötkazilgan va unda Meyuezer oçkolar hisobida ğalaba qozongandi. Pakyao professional faoliyatida 66 jangda qatnaşib, 58 marta ğalaba qozongan. Şulardan 38 tasini nokaut bilan. Ikki marta durang qayd etgan va olti marta mağlub bölgan.











