9 sentabr kuni Timatiga tegişli Black Star musiqiy leybli ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar sababli özining ikki artisti - Yegor Krid va MC Doni’ning Doğistonda ötkazilişi kerak bölgan konsertlarini bekor qildi. Kontsertlarni boykot qiliş haqidagi çaqiriqlarning aksariyatini MMA jangçisi Habib Nurmagomedov bilan boğlaşmoqda.

Şou bekor qilinganidan söng Timati Habibning konsertlarga bormaslik haqidagi çaqiriqlarini «ahmoqona» deb atagan bölsa, sportçi «unga nima qiliş kerakligini qandaydir şaytonlar örgatmasligi lozimligini» yozdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi çaqiriqlar 
Sentyabr boşidan beri Yegor Kridning Instagramdagi sahifasidagi postlariga agarda u Mahaçqalaga keladigan bölsa nogironga aylanişi va hattoki ölişi mumkinligi yozilgan izohlar paydo böla boşladi. «VKontakte»ning doğistonliklar hamjamiyatlarida uning konsertiga bormaslik haqida çaqiriqlar tarqaldi.  

Sönggi lahzalarda Black Star Yegor Krid (9 sentabr Mahaçqala) va MC Doni (8 sentabr Kaspiysk)ning konsertlari «joylardagi notinç vaziyat» va «odamlarning xavfsizligi nuqtai nazaridan» bekor qilinganini bildirdi. Söngra Habib «Katta yöqotiş emas» deya post yozib qoldirdi. 

Habib tufayli konsertlar qoldirilgani borasidagi bahs

10 sentabr kuni Timati Instagramdagi videomurojaatida konsertlarning bekor qilinişi Nurmagomedov bilan boğliq ekanligini bildirdi.
U Habibning sahifasida doğistonliklar qanday qöşiqlar eşitişlari kerakligi haqidagi maslahatlarga duç kelganini, ammo moskvalik ijroçilar bilan mahalliy artistlar repertuari nimasi bilan tubdan farq qilişini tuşunmaganini aytdi.

Nurmagomedov esa bundan buyon ham özini qiziqtirgan mavzular böyiça fikr bildirişda davom etişini yozdi. Jangçi Timati yoki Krid nomini tilga olmadi, ammo Doğiston erkaklariga respublika kelajagi uçun «allaqanday jöjaxörozlar emas», aynan ular javobgar ekanliklarini eslatib ötdi.

Nurmagomedov Doğiston xalq majlisining faxriy deputati hisoblanadi. Sportçi muhim voqealar: masalan, respublikada jinoyatçilikning ösişi, mintaqadagi politsiyaning qilmişlari haqida öz fikrini bildirgan.

Timati esa Doğistonda bir neça marta konsert bergan. U 2014 yilda Çeçenistonda xizmat körsatgan artist unvoniga sazovor bölgan. Respublika prezidenti Ramzan Qodirov uni öz inisidek körişini bildirgan.