2018 yil uçun davlat statistika hisoboti şakllari öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisidagi qaror va 2019 yil uçun davlat statistika hisoboti şakllarini tasdiqlaş töğrisidagi qaror Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik telegram-kanali.
Tadbirkorlarning takliflarini inobatga olgan holda 2019 yil uçun statistika hisoboti şakllarini topşiriş muddatlari qayta körib çiqildi va ularni topşirişning yanada maqbulroq muddatlari belgilandi.
Bundan taşqari, nogironligi bölgan şaxslarni hisobini yuritiş va ularga öz vaqtida yordam körsatiş bilan boğliq muammolarni aniqlaş va çuqur tahlil qiliş, şuningdek oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendensiyalarini aks ettiruvçi körsatkiçlarini aniqlaş uçun yangi hisoboti şakllari qöşildi.












