Qatar poytaxti Dohada sport gimnastikasi böyiça jahon çempionati yakunlandi. Uşbu musobaqada özbekistonlik Oksana Çusovitina ham iştirok etdi.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, jahon gimnastikasi afsonasi özining sevimli yönalişi hisoblangan tayanib sakraş maşqlarida 14,300 oçko jamğardi va törtinçi örinni egalladi.
Oksananing qayd etişiça, musobaqada öz darajasida iştirok eta olmagan, bunga oğriq xalal berganini aytib ötdi. Ammo, 2019 yilda Ştutgart mezbonlik qiladigan jahon çempionatida sovrinli örinlarni qölga kiritib, Tokio 2020 Olimpiya öyinlariga yöl olişini ta'kidladi.
Sport gimnastikasi böyiça jahon çempionati.
Ayollar. Tayanib sakraş:
1. Simona Beylz (AQŞ) — 15,366
2. Şellon Olsen (Kanada) — 14,516
3. Aleksa Moreno (Meksika) — 14,508
4. Oksana Çusovitina (Özbekiston) — 14,300.











