Bugun, 2 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, tadbirda shu yilning 7-8 noyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya haqida ma'lumotlar taqdim etilgan.

Konferentsiya maqsadi
- Xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishtirish;
- Xalqaro tajribani o‘rganish va hayotga tatbiq etish;
- Uzoq va qisqa muddatli xalqaro loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
- Barcha soha ayollarini tanishtirish va birlashtirish.
Kimlar ishtirok etadi?
Jahonning 30 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo‘lgan ayollar ishtirok etadi. Jumladan, BMT maxsus vakili, Tashkilotning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisining gender masalalar bo‘yicha maxsus vakili Melanne Vervir, Italiyaning YeXHTdagi vakolatxonasi, maslahatchi Alessandra Skalia, Afg‘onistonning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri Dilbar Nazariy, Ozarboyjonning oila, ayollar va bolalar masalalari bo‘yicha raisi o‘rinbosari Sadagat Gaxramanova, Butunxitoy Ayollar federatsiyasi raisi Chen Syaosya va boshqalar.
Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasining bugungi faoliyatidagi asosiy yo‘nalish va vazifalar, qo‘mitaning xalqaro hamkorlari hamda fond mablag‘laridan qanday maqsadlarda foydalanilayotganiga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar
- Xotin-qizlarning mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini, islohotlardagi ishtirokini ko‘p baravarga oshirish;
- Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlarga yordam berish;
















