Parij politsiyasi öyinçoq dökonlarida 700 dan köproq öğirlikni amalga oşirgan 72 yoşli ayolni qölga oldi.

Ta'kidlanişiça, keksa ayol öğirlangan tovarlarni internetda sotgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, pensioner ayol 2018 yil iyunidan boşlab internetda öyinçoqlar sotilişi haqida 957 ta e'lon joylaştirgan. U öyinçoqlarni yangi va original qutida, deya ta'riflagan. Politsiya ayolning uyini tintuv qilganda mingga yaqin turli buyum va 40 ming yevro naqd pul aniqlagan.

Ayolning aytişiça, u bu qilmişini asosan “bekorçilikdan” qilgan.