Hindistonning Maxaraştra ştatida T1 laqabli yölbars öldirildi. U keyingi ikki yil davomida 14 kişini öldirgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Yirtqiçni qişloqlardan birida 2 noyabr kuni payqab qolişgan. U turgan joyga qurollangan guruh yetib borgan. Unga qarata uxlatuvçi öq uzilganidan söng yölbars odamlar tomon taşlangan. Yirtqiç ovçilar ötirgan maşinaga yetib kelişiga ön qadam qolganida otib öldirilgan.
The Telegraph gazetasining yozişiça, yölbarsni Asgar Ali Xon ismli ovçi otib öldirgan.
Ovçi T1 tajovuzkor, aqlli va odamlardan umuman qörqmaydigan yölbars bölganligini aytgan.
«U inson göştini tatib körganidan söng odamlarga xuddi maymun, eçki yoki boşqa qurbonlari kabi qaraydigan bölgan. Şuning uçun u bizga hujum qilganida uni otib taşlaşga majbur böldim», — degan Ali Xon.
Yirtqiçni qidiriş uçun eng yaxşi merganlar va 200 nafar reynjyer, itlar va fillar jalb etilgan, ammo bir neça oy davomida uni topişning imkoni bölmagandi.
Olti yoşli yölbars 13-14 kişining umriga zomin bölgan deb hisoblanmoqda.












