Kanada poytaxti Ottavadan 30 km uzoqlikda joylaşgan Karp şahri osmonida ikkita yengil motorli samolyot töqnaşib ketdi. 

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:11 atrofida yuz bergan. Samolyotlardan biri töqnaşuvdan keyin ekin maydoniga qulagan. Ikkinçi samolyot esa Ottava xalqaro aeroportiga yönaltirilgan va u yerda muvaffaqiyatli qöna olgan. Bu samolyot 11 kişilik Piper Cheyenne samolyoti bölib, uning bortida 2 kişi bölgan.

Qöngan samolyot uçuvçisi boşqa samolyot uning samolyoti tubiga urilib, öng şassisiga tekkanini ma'lum qilgan.

Politsiyada qulagan samolyot bortida neça kişi bölgani, ular omon qolgan-qolmagani ma'lum qilinmagan. Biroq tibbiy doiralardagi manbaning ma'lum qilişiça, qulagan samolyot uçuvçisi voqea joyida halok bölgan.

Voqea joyida qutqaruvçilar, şifokorlar va politsiyaçilar iş olib borgan.