Rossiya Premer-Ligasining 13-turida «Spartak» «Ural»ni qabul qildi. Moskvadagi «Otkrytiye Arena» stadionida keçgan uçraşuvda mehmonlar 2:1 hisobida ğalaba qozonişdi.
Öyinda hisob «Ural»ning bolgariyalik yarimhimoyaçisi Nikolay Dimitrovning çiroyli zarbasi orqali oçildi. Ikkinçi bölimda Luis Adriano hisobni tenglaştirgandi, ammo köp ötmay mehmonlar jamoasi hujumçisi Andrey Panyukov ğalaba golini urdi.
Şu tariqa, «Spartak» RPLdagi ğalabasiz seriyasini 3 öyinga yetkazdi (bir durang, ikki mağlubiyat), «Ural» esa 3 uçraşuv davom etgan ğalabasiz seriyasiga yakun yasadi (ikki durang, bir mağlubiyat).
Qolaversa, bu klub öz tarixida ilk marta qatorasiga 4 uçraşuvda mağlub bölişidir. Bungaça jamoani Moskvada «Arsenal» (2:3), «Rostov» (0:1) va «Axmat» (1:2) jamoalari yengib qaytişgandi. Moskvaliklar oxirgi 8 uçraşuvda atigi bir marta ğalaba qozongan.

Qoniqarsiz natijalardan keyin rahbariyat boş murabbiy Massimo Karrerani işdan böşatgan va uning örnini Raul Rianço egallagan.
Endilikda «Spartak» 19 oçko bilan Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida 6-örinda, «Ural» 16 oçko bilan 8-örinda joylaşgan.
Keyingi turda 11 noyabr kuni qizil-oqlar jamoasi «Ufa» mehmoni bölişadi.
Rossiya çempionati
13-tur
Spartak – Ural 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 29 Dimitrov, 1:1 – 74 Luis Adriano, 1:2 – 76 Panyukov.
Spartak – Maksimenko, Djikiya, Kutepov, Bokketti, Kombarov, Popov (Melgarexo, 80), Ignatov (Yeremenko, 55), Taşayev (Xanni, 55), Zobnin, Petkoviç, Luis Adriano.
Ural – Godzyur, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Balajits, Dimitrov, Bavin, Bumal, El-Kabir (Aratore, 90), Ilin, Panyukov (Bryzgalov, 85).
Ogohlantirişlar: Aroyan (17), Kutepov (28), Panyukov (38), Djikiya (38), Kulakov (45), Bavin (47), El-Kabir (90).













