Prezident Xorazmda aeroport va temiryöl bekatini boğlaydigan Özbekistondagi birinçi loyiha bilan tanişdi. Muddatli tölov 12 oydan oşmaydigan böladi. Liftga har oy texnik xizmat körsatilişi belgilandi. Avtobusda yölkira tölamaganlik uçun jarima 10 baravar oşirilişi mumkin. Viza va iş va’dasi bilan pul olgan şaxslar qölga tuşdi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Prezident aeroport va temiryöl bekatini boğlaydigan Özbekistondagi birinçi loyiha bilan tanişdi

Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrifi davomida Urganç xalqaro aeroporti va Xiva temiryöl bekatini boğlaydigan yangi temiryöl liniyasi bilan tanişdi.

Qiymati 225 milliard söm bölgan loyiha doirasida Urganç xalqaro aeroporti va temiryöl vokzalini boğlovçi 11 kilometrlik yangi temiryöl liniyasi qurildi. Unda bir bekat, köprik, avtomobil yöllari bilan kesişmalar va 25 ta suv ötkaziş inşooti barpo etildi.

Yangi yönaliş orqali yiliga qariyb 650 ming nafar mahalliy va xorijlik sayyohni taşiş imkoniyati yaratildi. Xiva va Urganç örtasidagi qatnov vaqti ikki barobar qisqarib, 80 daqiqadan 40 daqiqaga tuşadi. 30 ga yaqin yangi iş örni taşkil etildi.

Aeroport va temiryölni bevosita boğlaydigan bunday loyiha mamlakatda birinçi marta amalga oşirilmoqda. Urganç xalqaro aeroporti – Xiva yönalişida Xitoyda işlab çiqarilgan CR200J elektropoyezdi qatnovi yölga qöyilmoqda. Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva şahriga bordi.

Muddatli tölov 12 oydan oşmaydigan böladi

Prezidentning «Aholiga muddatli tölov xizmatlari körsatilişini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, bunday xizmatlarni körsatiş şartnomasi bir qator talablarga muvofiq bölişi lozim.

Xususan, muddatli tölov xizmati ob’yektning qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 250 baravaridan (103 million söm) oşmasligi belgilandi.

Şuningdek, şartnomada muddatli tölov xizmati operatorining komissiya (ustama) tölovlari hamda tovar, iş yoki xizmatning yakuniy qiymatiga kiritiladigan boşqa tölovlar alohida körsatilişi şart.

Bundan taşqari, muddatli tölov xizmatini körsatiş şartnomasi böyiça iste’molçi majburiyatining eng köp muddati şartnoma tuzilgan kundan boşlab 12 oy etib belgilandi.

Liftga har oy texnik xizmat körsatiladi

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining yangi buyruğiga asosan, köp kvartirali uyni boşqariş organi liftlarning butun foydalaniş muddati davomida avariyasiz va xavfsiz işlaşini ta’minlaşi kerakligi belgilandi. Texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş uçun lift töxtatib qöyilgan vaqt bundan mustasno.

Liftga har oy texnik xizmat körsatilişi va yiliga bir marta davriy texnik körik ötkazilişi ta’minlanadi. Avariya, nosozlik yoki boşqa xavfli holatlar aniqlansa, liftga texnik xizmat körsatuvçi taşkilotga darhol xabar berilişi kerak.

Lift kabinasida undan foydalaniş qoidalari, liftning nomi va yuk kötariş qobiliyati, ruxsat etilgan yölovçilar soni körsatilgan lavha bölişi şart. Şuningdek, unda «Xavfsiz lift» elektron platformasidagi qayd raqami, davriy texnik körikdan ötgani haqida ma’lumot hamda texnik xizmat körsatuvçi taşkilot yoki avariya xizmati bilan boğlaniş uçun telefon raqami joylaştiriladi.

Avtobusda yölkira tölamaganlik uçun jarima 10 baravar oşirilişi mumkin

Avtobusda bir neça bor yölkira tölamay yurganga jarima miqdori 10 baravar oşirilişi mumkin. Transport vazirligi xabariga köra, tegişli takliflar işlab çiqilib, Qonunçilik palatasiga kiritilgan.

«Takliflar şundan iboratki, birinçi marotaba yöl haqini tölamaganlar uçun BHM 1/2 qismi, ya’ni bu 1 sentyabrdan 220 ming söm, takroran sodir etilsa, 1 baravari, ya’ni 440 ming sömgaça jarima jazosi belgilanmoqda», dedi Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş davlat muassasasi direktori Muhammadjon Qahhorov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ma’lum qilişiça, 2026-yilning ötgan yetti oyi mobaynida 82 mingdan ortiq yölovçi yöl haqini tölamagani aniqlangan. Uşbu huquqbuzarlardan 2 milliard sömdan ortiq jarima pullari undirilgan.

Amaldagi tartibga köra, yölovçining trolleybusda, tramvayda, şahar içida va şahar atrofiga qatnaydigan avtobusda çiptasiz yurişi - BHM 1/10 qismi (bugungi kunda 41 200 söm) miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilangan.

Viza va iş va’dasi bilan pul olgan şaxslar qölga tuşdi

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida fuqarolarni xorijga işga jönatiş bilan boğliq bir neçta firibgarlik holatlariga çek qöyildi.

Jumladan, Toşkent şahrida yaşovçi, 1985-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs öz tanişlari orqali Qaşqadaryo viloyatida istiqomat qiluvçi 6 nafar fuqaroni Slovakiyaga işga jönatişni va’da qilgan. U buning evaziga jami 145 mln söm talab qilib, oldindan 85 mln söm olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Yana bir holat Toşkent şahrida qayd etilgan. Xorijiy davlatlarga viza oliş böyiça konsalting xizmatlari körsatuvçi korxona rahbari 2002-yilda tuğilgan poytaxtlik fuqaroning işonçiga kirgan. U viza rasmiylaştiriş orqali fuqaroni Germaniyaga işga jönatişni va’da qilib, evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga tuşgan.

Şunga öxşaş holat Toşkent viloyatida ham aniqlangan. Zangiota tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan ayol Angren şahrida istiqomat qiluvçi, 2000-yilda tuğilgan fuqaroni Janubiy Koreyaga işlaş uçun jönatişni va’da qilgan. U viza rasmiylaştirib beriş evaziga 5900 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.