Italiyalik boksçi Kristian Dagio tailandlik raqibi Don Paruyeang bilan jangdan keyin olingan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda BoxingScene naşri ma'lum qildi.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu WBC talqini böyiça 79,38 kggaça vazn toifasida Osiyo kumuş medali çempionligi unvoni uçun jangda yuz bergan. Paruyeang jangning 12-raundida Dagioni nokautga uçratgan, şundan keyin italiyalik boksçi huşini yöqotgan. U şifoxonaga yetkazilgan va bir neça kun miyadan olingan oğir jarohat sababli komada yotib, söngra jon bergan.
49 yoşli Dagio faoliyatining aksariyat qismini Tailanddagi musobaqalarda ötkazgan. Uning hisobida professional ringda 10 ta jangdan 10 ta ğalaba bölgan. Sportçi, şuningdek, aralaş yakkakuraş va muay-tay janglarida iştirok etgan.
2017 yil noyabrda ham 24 yoşli salvadorlik boksçi Fransisko Ruis hamyurti Rikardo Kortes bilan jangda olingan jarohat tufayli şifoxonada bir neça kun yotgaç, vafot etgan.












