Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev tomonidan Toşkent şahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Uluğbek, Uçtepa tumanlaridagi sport inşootlarining qurilişi, kapital ta'mirlanişi borasida olib borilayotgan işlar qoniqarli darajada taşkil etilmayotganligi aniqlandi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Mirobod tumani Qöyliq-3 mavzesida joylaşgan Sport öyinlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktabining sun'iy qoplamali stadionidagi işlar öz nihoyasiga yetkazilmaganligi aniqlandi.
Şuningdek, Mirzo Uluğbek tumani 1-bolalar-ösmirlar sport maktabiga qaraşli «Katta Qorasuv» mahallasi hududida joylaşgan yopiq suziş havzasi va Uçtepa tumani «Köhna Çöponota» mahallasida joylaşgan 2-bolalar-ösmirlar sport maktabining yopiq suziş havzalari joriy yil foydalanişga topşirilişi belgilangan. Biroq ayrim mas'ullarning öz işiga sovuqqonlik bilan yondaşganligi sababli, quriliş işlari orqada qolgan.
Vazir mas'ullarga uşbu holat va mavjud muammolarning yeçimi yuzasidan aniq körsatmalar va qat'iy ogohlantiriş berdi hamda kuniga navbati bilan ikki smenada iş taşkil etib, 2018 yil 25 dekabr sanasiga qadar obektni topşiriş vazifalarini yukladi.
Dilmurod Nabiyev muassasa rahbarlariga zamonaviy marketing usullaridan unumli foydalangan holda davlat-xususiy şerikçiligi körinişida hamkorlikni yölga qöyiş, olingan daromad hisobidan suziş havzalari faoliyatini samarali taşkil etiş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va fidoyi murabbiylarni taqdirlaş lozimligini qayd etdi.
Ta'kidlaş joizki, joriy yilning 20 sentabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda Sirdaryo, Navoiy, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida quriliş işlari orqada qolayotgan inşootlar böyiça topşiriqlar berilgan edi.












