«Inter» hujumçisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara erining «Barselona» hujumçisi Lionel Messi bilan munosabatlari yomonligini inkor qildi.

Eslatib ötamiz, Ikardi 2008-2011 yillarda kataloniyaliklarning yoşlar jamoasida öynagan edi.

Avvalroq, aynan Messi futbolçi bilan ziddiyatga borganidan söng, uning Argentina terma jamoasiga çaqirilişiga qarşilik qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
 
«Ular birgalikda katta bölgan, bir klubda öynagan. Mauro Messi bilan birga töp tepgani haqida ajoyib xotiralarga ega. Ular bugun ham döstlik riştalarini uzmagan. Barselonaga borganimizda, fursatdan foydalanib, eski döstlarni ziyorat qilamiz», — deb Nara sözlarini keltirmoqda Marca.

Bugun, 6 noyabr kuni tunda Çempionlar Ligasi guruh bosqiçi doirasida «Inter» - «Barselona» öyini ötkaziladi. Ikardi mezbonlarning asosiy tarkibida tuşişi mumkin, Messi jarohati tufayli bahsda iştirok etolmaydi.