GM Uzbekistan kompaniyasi mijozlar talabini qondiriş va buyurtmalarni öz vaqtida yetkazib beriş maqsadida bir kunda 1000 dona avtomobil işlab çiqarmoqda. Kompaniya şu sababli öz zavodida 3 smenali işlaşni yölga qöygan. Bu haqda «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Umidjon Salimov yangi savdo platformasi taqdimoti doirasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda KUN.UZ muxbiri.

Uning bildirişiça, şu vaqtgaça xalq orasida talab kuçli bölgan Damas rusumli avtomobil bir yilda 24 ming dona işlab çiqilgan bölsa, 2019 yildan bir yilda 50 mingdan ortiq Damas xaridorlarga yetkaziladi. 

Şu bilan birga, Salimov avtomobillarni onlayn xarid qiliş imkonini beruvçi Uzavtosavdo.uz  platformasi haqida fikrlarini bildirib ötar ekan, avtomobillar xaridi uçun 20 mingdan ortiq sun'iy navbatlar hosil qilingani, bir kişining pasporti bilan 2-3-4ta avtosalonda navbatga qöyilgani va boşqa şu kabi holatlar bölganini ta'kidladi. 

Onlayn savdo platformasi töliq işga tuşirilganidan söng, AJ kompaniyalari tomonidan işlab çiqilayotgan barça avtomobillar bosqiçma-bosqiç internet resursga qöyib boriladi. 

Umidjon Salimov, şuningdek, KUN.UZ muxbirining, nima uçun ilova orqali xarid qilişda tölangan dastlabki 3 foizlik badal summasi, xaridor fikridan qaytgan taqdirda qaytmasligiga doir savoliga quyidagiça izoh berdi. 

“Biz bu borada köp maslahat qildik. Turli fikrlarni örgandik. Bu raqamni 4, 5, 7 foiz sifatida ham belgilaş borasida takliflar böldi. Biroq, dastlabki tölov miqdorini avtomobil tannarxidan 3 foiz qilib belgilaşga qaror qildik. Bu summaning qaytarilmasligini şunday izohlaş mumkin: qaror negizida savdo jarayonida şaffoflikni hamda avtomobillarni haqiqatdan ham xaridorning özi sotib olişini ta'minlaş, bu jarayonga öz manfaatlarini közlagan olibsotarlarni aralaştirmaslik maqsadi yotadi”, - dedi Umidjon Salimov.