8 noyabr kuni «Özekspomarkaz»da yangi tuğilgan çaqaloqlarning oldini oliş mumkin bölgan ölimini kamaytiriş va ularni parvariş qiliş sifatini yaxşilaş böyiça milliy konsultatsiya bölib ötdi.
Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, davlat va nodavlat taşkilotlari, xalqaro ekspertlar, Özbekistonning barça viloyatlaridan kelgan soğliqni saqlaş tizimi mutaxassislari va YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari iştirok etdi.

BMTning bolalar ölimi haqidagi global hisobotiga köra, dunyo miqyosida bolalarning tirik qolişida sezilarli muvaffaqiyatga erişilgan. Biroq hisobotda aytilişiça, sönggi yillardagi yutuqlarga qaramay, faqatgina 2017 yilning özida 5,4 million nafar bola beş yoşga tölmasdan nobud bölgan. Ulardan 2,5 million nafari bir yildan ortiq yaşamagan.
«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, Özbekistonda 5 yoşga tölmasdan vafot etgan bolalar ölimining 57 foizini neonatal davrda (hayotining dastlabki 28 kuni içida) sodir bölgan. Yangi tuğilgan çaqaloqlarning dastlabki 28 kuni davomida nobud bölişining asosiy sabablari - har xil infeksiyalarga çalinişi, tuğilişidagi nuqsonlar va immunitet pastligi deb topilgan.
«Ruhiyat tuşkunligi tanadagi modda almaşinuvini izdan çiqaradi. Kamqonlik, çarçoq, iştaha yöqligi, miyadagi tuşkun fikrlar uyqusizlikka ham olib keladi. Qaynonalar avlod davomçilari soğlom bölişini ta'minlaş uçun kelinini ruhan qöllab-quvvatlaşi kerakligini tuşunib yetişi kerak. Şunday zamon kelib böldi. Soğ ruhiyat - soğlom bola, soğ miya ekanligini oila boşi bölgan er ham, qaynona ham, qaynsingil ham tuşunib yetişi kerak. Kelin bu malika. Kelinni avlod davomçisini tuğib bergani uçun ham e'zozlaş, hurmatini joyiga qöyiş kerakligi millat madaniyatidir», – deydi psixolog Zebiniso Ahmedova.
Turli tadqiqotlarning natijalariga köra, onalar, yangi tuğilgan çaqaloqlar va bolalar ölimining oldini olişga sarflangan har bir dollar, vaqti kelib, sarmoyani köpaytirib qaytarar ekan. Bolalarning salomatligiga sarmoya qiliş kambağallikni kamaytiradi hamda iqtisodiy samaradorlik va ösişni ta'minlaydi.

«Özbekiston hukumatining bolalar hayotini saqlaş borasidagi sa'y-harakatlari maqtovga sazovor. Biroq yangi tuğilgan çaqaloqlarning nobud böliş darajasi hali ham yuqori. Bu nomaqbuldir, çunki yangi tuğilgan çaqaloqlarning köpçiligining hayotini saqlab qoliş mumkin edi», – deydi YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann.






