Toşkentda yurak nuqsoni sabab operatsiya qilingan 8 oylik gödak vafot etdi. Ona şifokorlar harakatlarini şubha ostiga olib, xayriyadan tuşgan pullar faqat bitta dorixonaga borib tuşayotganini aytmoqda. Uning gaplarini boşqa ota-onalar ham tasdiqlagan. Şifokor bolaning ölimiga oğir yondoş kasalliklar sabab bölganini ma’lum qildi.

Jizzax viloyatida yaşovçi 8 oylik Muhammadaziz Qöçqorov tuğma yurak nuqsoni bilan Toşkent davlat tibbiyot universiteti bolalar köp tarmoqli klinikasi (xalq tilida SAMPI) kardioxirurgiya bölimida operatsiya qilingan. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötgani aytilgan, lekin oradan uç kun ötib bolaning ahvoli oğirlaşib, vafot etgan.

“Dorixonaga pul tölab, dorisiz ketasiz”

Yagona Qöçqorova, Muhammadazizning onasi:

— 26 fevral kuni ertalab şifokorlar kelişdi. Bola şişib ketgan, oyoqçalarigaça, hammayoği şişgan, siymay çiqdi desam, bitta ukol qilamiz deb ukol qilişdi. Şundan keyin 2-3 mahal siydi. Bolani badanlari boşqaça bölib özgardi, kökarişlar böldi. Faqat şu ukollarni qildi, keyin olib kirib ketib komaga solib apparatga qöyişgan. Şu bilan turmadi bolam...

19 yoşli öğlim kirganida şifokor: “Bolani kasalxonadan tirik, oğir ahvolda olib çiqib ketyapmiz. Uyga yetib borgunça ölib qolsa, şifokorlarga da’voyimiz yöq” degan tilxat yozdirib olib, keyin bolaning öligini bergan. Ertasiga ukasi kömilgandan keyin nega unday yozib berganini sörasam: “Ukangni bermaymiz, morgga topşirib yuboramiz” deyişgani uçun yozganini aytyapti. Lekin u nima tilxat ekaniga öğlimning aqliyam yetmagan.

Mening bolam qaytib kelmaydi, lekin boşqa onalar menga öxşab kuymasin. U yerda öşa haftaning özida 12-11 nafar bola ölib çiqib ketyapti. Kasalxonada röza oyida xayriya pullari kelganida kasal bolalarni olib çiqib videoga oldirib, televideniyelarga yoki hokimiyatlarga körsatib, ertasiga xayriyadan olgan pullarini olib qöyişyapti. +5 degan aptekasi bor ekan özlarining, bemorning yaqinlarini öşa yerga jönatyapti. U yerda pulni tölaysiz, “ketavering, özimiz olib borib beramiz” deydi. Qölingizga dori-darmon ham, heç narsa bermaydi.

Balki hamma operatsiyalar davlat tomonidan qilinayotgandir, lekin hamma yonidan ham xarajat qilyapti. Mening öğlimning operatsiyasi uçun fonddan 24 mln pul ötkazildi. Özim qilgan xarajatlarim – 4,5–5 millionga dori-darmonlar olib keldim. Lekin 2000 dollarlab sanab bergan onalar bor u yerda. Hamma öşa aptekaga pulini sanab berib, dorisiz ketyapti.