Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi, mudofaa sanoati kotibiyati va BMC kompaniyasi vakillari Anqarada 250 ta Altay turk tankini işlab çiqarişga şartnoma imzolaşdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir şartnomani imzolaş marosimida mahalliy tanklarni işlab çiqariş mamlakatning xorijiy mudofaa mahsulotlariga boğliqligini kamaytirişini aytgan. Demirning ta'kidlaşiça, Altay tanki Turkiya qurolli kuçlarining quruqlikdagi yetakçi jangovar quroli böladi va mamlakat mudofaa qobiliyatini ta'minlaşda muhim uluş qöşadi.

Istiqbolda Turkiyada uşbu tankdan mingta işlab çiqariladi. Şu tariqa, Turkiya qurolli kuçlarining tank qismlari sezilarli modernizatsiyalanadi. Loyiha 25-30 mlrd dollarga baholanmoqda va uni 20 yil içida amalga oşiriş rejalaştirilgan.  

“Altay milliy tanki” loyihasi 2007 yilda Turkiya mudofaa vazirligi va Otokar kompaniyasi örtasida tuzilgan bitim böyiça amalga oşirilmoqda. Turkiya tanklar işlab çiqarişda tajribaga ega bölmagani sababli, Otokar Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan yangi tank prototipini yaratiş böyiça şartnoma tuzgan. Janubiy Koreya kompaniyasi şartnoma doirasida K-2 Black Panther koreys tankida qöllangan barça texnlogiyalarni turk tomoniga bergan.

Altay’ning birinçi namunasi 2011 yil mayda Istanbuldagi qurol-aslaha körgazmasida taqdim qilingan.