Rossiyalik taniqli futbolçi, Qozoğistonning “Qayrat” klubida töp surayotgan Andrey Arşavin futbolçilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

37 yoşli Arşavin 11 noyabrda “Qayrat” uçun xayrlaşuv uçraşuvini ötkazdi. Dekabrda futbolçining klub bilan amaldagi kelişuvi tugaydi. Avvalroq tomonlar şartnomani uzaytirmasliklarini e'lon qilişgan. Arşavin Qozoğiston jamoasidan ketgandan keyin öynaşni davom ettirişi haqidagi savolga “Öylaşimça, faoliyatimni töliq yakunlamoqdaman”, deb javob qilgan.

Futbolçi unga Qozoğistonda töp suriş yoqqanini aytgan. “Qozoğistondan özim bilan nafaqat Olmaotadagi, balki butun Qozoğistondagi odamlarning iliq munosabatlari, qöllab-quvvatlovini olib ketmoqdaman. Odamlar mening öyinimni körgani kelişganini bilaman. Jamoa bilan yaxşi munosabatlar örnatilgan, keyin ham özaro muloqot qilib turamiz”, deb aytgan futbolçi.

Arşavin uzoq yillar Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasida töp surgan. U jamoada 1999-2009, 2013-2015 yillar öynagan. U “Zenit” tarkibida 352 ta öyinda maydonga tuşib, 74 ta golga mualliflik qilgan, jamoadoşlariga 99 ta golli uzatma oşirgan. Arşavin “Zenit” tarkibida Rossiyaning 3 karra çempioni bölgan, UYeFA kubogi va superkubogini qölga kiritgan. 2006 yilda “Futbol” naşri talqiniga köra Rossiyaning eng yaxşi öyinçisi deb topilgan.

Futbolçi 2009 yil yanvarida Londonning “Arsenal”iga ötgan. U “Arsenal”da 2009-2013 yillar töp surgan, 145 ta öyin ötkazib, 31 ta golga mualliflik qilgan. 

Arşavin “Arsenal”dan keyin “Kuban”da, söngra “Qayrat”da töp surgan. U qozoq klubi tarkibida Qozoğiston çempionatining 3 karra kumuş medal, mamlakat kubogi va superkubogi sohibi bölgan.

Futbolçi Rossiya terma jamoasi uçun 2002-2012 yillar töp surgan. U terma jamoada hammasi bölib 75 ta öyin ötkazib, 17 golga mualliflik qilgan. 2008 yilda terma jamoa safida Yevropa çempionatining bronza medalini qölga kiritgan.