Rossiyalik futbolçi Andrey Arşavinning rafiqasi Alisa Arşavina uning ustidan Federal xavfsizlik xizmatiga şikoyat arizasi yozdi. Uşbu arizaning suratini Super.ru portali e'lon qilgan. 

Alisa Arşavinaning ta'kidlaşiça, u futbolçining manfaati yölida harakat qiluvçi noma'lum kişilar tomonidan tahdidlarga uçramoqda. Bundan taşqari, Arşavinaning aytişiça, u sobiq eri bilan Sankt-Peterburgdagi restoranda uçraşgan. Futbolçi Alisaga noma'lum kişilar bilan birga bölgan. Ulardan biri Alisaning qöriqçisiga FXX xodimi guvohnomasini körsatgan. 

Ayolning ta'kidlaşiça, futbolçi uning uyiga narsalarini olib ketgani “banditlar”ga öxşaş odamlar hamrohligida kelgan.

12 fevralda futbolçining rafiqasi uning ustidan Sankt-Peterburg politsiyasiga ariza yozgani ma'lum qilingandi. Alisaning ta'kidlaşiça, Arşavin unga “sms-xabarlar orqali tahdid qilgan, qamoqqa tiqiş, unga qarşi jinoiy iş qözğatiş bilan qörqitgan”.

Arşavin rafiqasi bilan ajraşiş haqida ariza topşirgan. Juftlik 2016 yilda turmuş qurgan, ularning bir qiz farzandi bor.

Bungaça futbolçi 9 yil teleboşlovçi Yuliya Baranovskaya bilan nikohni qayd qilmagan holda yaşagan. Futbolçining bu turmuşidan 3 farzandi bor.