«Milan» hujumçisi Gonsalo Iguain «Yuventus»ga qarşi öyin (0:2) antiqahramoniga aylandi.
Argentinalik futbolçi birinçi bölim oxirida, hisob 0:1 bölib turganida penaltidan gol urolmagandi. Ikkinçi bölim oxirida esa «Yuve» himoyaçisi Medxi Benatiyaga nisbatan fol işlatgaç, arbitr Paolo Matstsoleni unga sariq kartoçka körsatdi, futbolçi esa buni nohaqlik deb hisoblab, unga baqira boşladi, şundan keyin unga qizil kartoçka körsatildi.
Iguain maydonni tark etişni istamadi, u özini tinçlantiriş uçun kelgan «Real»dagi sobiq jamoadoşi Kriştianu Ronaldu bilan bahslaşdi va unga ham baqirdi, «Yuventus»dagi boşqa jamoadoşlari ham uni ovuta olişmadi.

U maydonni tark etayotganida yiğlab yubordi.
The Higuain incidentpic.twitter.com/QZZsrDYIkv
— Web Designer (@WebDesignerVoN) 11 noyabrya 2018 g.











