Ötgan haftada OAVda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagilar şu vaqtgaça «soya»da bölib kelgan ustaçilik, mardikorçilik, kirakaşlik, uy xizmatlari va şunga öxşaş faoliyat turlariga patent joriy etiş rejalaştirayotgani, patent narxi bir yilga eng kam iş haqining 4,5 barobari (912 285 söm) miqdorida bölişi kutilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Köp ötmay vazirlik OAVlarda xususiy kirakaşlik, kunbay haq tölanadigan işlar va xususiy yollanib işlaydigan ta'mirlaş-quriliş işlari kabi faoliyat turlari uçun patent kiritilişi rejalaştirilayotgani haqida paydo bölgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma'lum qildi.
Vazirlik bayonotida «körsatib ötilgan mehnat faoliyat turlariga patent joriy etilişi bugungi kunda qonuniy taşabbus hisoblanmaydi va bironta rasmiy hujjatda mavjud emas», – deb aytiladi. Ammo keyingi satrlardayoq «Ayni paytda uşbu masala muhokama etilmoqda va Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doirasida örganib çiqilmoqda», – deb ham yozilgan. Davomida «Qişloq joylaridagi norasmiy bandlik odatga köra, dunyoning köplab mamlakatlarida eng keng tarqalgan muammolardan biri sanaladi», – deya qöşimça qilinadi.
Bandlik muammomi?
Şu örinda birinçi savol tuğiladi – bandlik muammomi?
Iqtisodiy-ijtimoiy voqeligimiz millionlab hamyurtlarimizni «öz kunini özi köriş»ga, xususan, vazirlik tilga olayotgan tirikçilik turlari bilan şuğullanişga undab kelyapti. Boşqa bir neça million kişi esa uzoq yurtlarda mardikor bölişga majbur. Bu esa qişloqlarimizda otasiz ösayotgan bolalar, ersiz kun keçirayotgan ayollar, oilasidan uzoqda ma'nan ezilib, «gastarbayter» maqomini kötarib yurgan yigitlar va boşqa çeki yöq ijtimoiy, ma'naviy, psixologik muammolar zanjirining onasidir. Mazkur oğriqli tafsilotlar mamlakatimizda, xususan öşa — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi söz oçgan qişloqlarimizda bitta bölsa ham daromad manbaini qadrlamoqni taqozo qiladi. Holat şunaqa.
Vazirlik bayonotiga yana qaytamiz: «Bu turdagi patentni oliş faqatgina ixtiyoriy tarzda amalga oşirilgan bölar edi», – deyilgan.
Şu örinda ikkinçi savol...
Ixtiyoriymi yo ixtiyoriy-majburiy?
Modomiki, mazkur patentni oliş ixtiyoriy ekan, yuqorida tilga olingan tirikçilik turlari bilan maşğul bölib yurgan fuqarolarning qança foizi öz ixtiyori bilan mazkur patentni olişga rağbat bildiradi? Nima deb öylaysiz? Holatni bilganlar aytadi — deyarli heç qança. Ma'lum sabablarga köra, soliq va boşqa davlat idoralari bilan imkon bölsa aloqa qilmaslikni afzal köradigan, huquqiy bilimlari haminqadar odamlarimiz, ayniqsa, qişloq odamlari öz xohişlari bilan bunday patentni rasmiylaştirmaydilarku?











