Rossiya Premer-Ligasining 14-turida «Ufa» Moskvaning «Spartak» klubini qabul qildi. Ufadagi «Neftyanik» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi birinçi gol 75-daqiqada Dmitriy Sisuyev tomonidan oçildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda «Ufa» havbeki Lovro Bizyak ikkinçi golni urdi.
Şu tariqa, «Spartak» Rossiya Premer-Ligasida qatorasiga ikkinçi öyinda mağlub böldi. Moskvaliklar 13-turda, qoniqarsiz natijalar tufayli Massimo Karrera işdan böşatilgandan keyingi ilk öyinda öz maydonida «Ural»ga 1:2 hisobida yutqazgandi.
Mosvaliklar qatorasiga törtinçi uçraşuvda ğalaba qozona olmayapti. Bungaça jamoa «Arsenal» va «Ural»ga yutqazişdan taşqari, «Rubin» bilan safarda durang öynagandi. Umuman, «Spartak» RPLning kuzdagi öyinlarida (9 öyin) atigi 1 ğalabaga erişgan, 3 marta durang öynab, 5 bor mağlub bölgan.
«Ufa» ayni vaqtda 14 oçko bilan Rossiya çempionati turnir jadvalida 14-örinda bormoqda. «Spartak» 19 oçkosi bilan — 10-örinda joylaşgan.
Keyingi turda «Ufa» «Orenburg» mehmoni böladi, «Spartak» Samaraning «Krilya Sovetov» klubini qabul qiladi.
Rossiya çempionati
14-tur
Ufa – Spartak 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 75 Sisuyev, 2:0 – 90 Bizyak.
Ufa – Belenov, Jivoglyadov, Nedelçaru, Putsko, Alikin, Tabidze, Till, Paureviç (Bizyak, 62), Karp, Igboun, Sisuyev (Aliyev, 89).
Spartak – Rebrov, Yeşçenko, Kutepov, Djikiya (Bokketti, 82), Melgarexo, Timofeyev, Fernando, Gluşakov (Panteleyev, 65), Popov, Luis Adriano (Ze Luiş, 71), Xanni.
Ogohlantirişlar: Till (56), Popov (70), Putsko (72), Sysuyev (78), Kutepov (86), Alikin (89).












