Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterreş Ğazo sektoridagi mojaroda iştirok etayotgan barça tomonlarni vazminlikka çaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Guterreş mintaqadagi vaziyatni «jiddiy kuzatib bormoqda».

Ta'kidlanişiça, boş kotib mojaroda iştirok etayotgan barça tomonlarni «maksimal darajadagi vazminlikka» çaqirgan.

Falastinlik jangarilar Isroil maxsus xizmatining 7 falastinlikning ölimiga olib kelgan operatsiyasiga javoban Ğazo sektoridan Isroil tomon 300 ga yaqin raketa otdi. Raketalar Sderot va Aşkelon şaharlaridagi turar joy binolariga va avtobusga tekkan. Hujum oqibatida kamida 34 isroillik yaralaniş olib va stress holatida şifoxonalarga yetkazilgan. 

Isroil bunga javoban Ğazo sektoridagi önlab turli obektlarga havodan va yerdan zarbalar bermoqda. Bu zarbalar oqibatida kamida 3 falastinlik halok bölgan. Şuningdek, HAMASga tegişli sektordagi “Al-Aqso” mahalliy telekanali bombardimonga uçragan. 

Falastin yetakçisi Mahsud Abbos jahon hamjamiyatini sektordagi vaziyatga aralaşiş va Isroil tajovuzini töxtatişga çaqirdi. U “Isroil tajovuzini qoralab, xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan vaziyatga aralaşib, bu tajovuzni töxtatişga hamda mintaqaning yanada köproq vayrongarçiliklar va beqarorsizlikka botib ketişiga yöl qöymaslikka çaqirgan”.

Eslatib ötamiz, avvalroq HAMAS harbiy qömondoni Ğazo sektorida halok bölgandi.

Ğazo sektorida Isroil maxsus topşiriqli kuçlari tomonidan amalga oşirilgan amaliyot vaqtida «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi a'zosi sanalgan, HAMAS harbiy qömondoni Nur Baraka halok böldi. Ta'kidlanişiça, şuningdek olti nafar falastinlik harbiy hayotdan köz yumdi.