12 noyabr kuni Isroil samolyotlari falastinliklarning Ğazodagi yuzlab obektlariga hujum uyuştirdi. Harbiy tadbirlar 11 noyabr kuni Ğazo sektoridan Isroil hududiga 370 dan ortiq raketa yöllanişiga javoban amalga oşirildi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, nizolar oqibatida ikki tomondan kamida 5 kişi halok bölgan: Ğazo sektorida 4 kişi va Isroilning Aşkelon şahrida bir kişi.
Ğazo sektoridan uçib kelgan raketalardan biri isroillik harbiylarni taşuvçi avtobusga kelib tuşgan. Buning oqibatida bir nafar harbiy jarohatlangan.
Şuningdek, Ğazo sektori bilan çegaralar yaqinida joylaşgan Aşkelon şahriga raketalar kelib tuşgan. Bu hujumlar oqibatida bir bino vayron bölgan, bir kişi halok bölib, yana bir kişi jarohatlangan.
Isroil armiyasining javob hujumi davomida Ğazo portidagi bir kema yöq qilingan, HAMAS bu kemadan razvedka va diversiya maqsadlarida foydalanib kelgan. Şuningdek, uşbu taşkilot faoliyatini tarğib qiliş bilan şuğullanuvçi Al-Aqsa telekanali binosi vayron etilgan. Hujumdan avval binodagi odamlar evakuatsiya qilingandi.
Bundan avvalroq Isroil HAMAS bilan munosabatlarda javob çoralarini kuçaytirişi haqida ma'lum qilgandi. Falastinliklar ham Isroilga qarşi «olov halqasini kengaytirişi»ni e'lon qilişgan.

Bu vaqtda BMTning Yaqin Şarqdagi elçisi Nikolay Mladenov Misr tomoni falastinliklar bilan muzokaralarda vositaçi bölişga tayyorligini bildirmoqda.
«Keyingi 24 soatda ziddiyat jiddiylaşdi», – deya yozgan u öz tvitterida.
Barçasi nimadan boşlandi?

Isroil va HAMAS örtasidagi navbatdagi ziddiyat 2014 yildan buyon eng keng kölamlisi bölmoqda.
Duşanba kuniga ötar keçasi isroillik maxsus tayyorgarlikdan ötgan harbiylar Ğazo sektoriga kirişgan va maxsus amaliyot ötkazişgan.
Falastinlik manbaning sözlariga köra, isroillik harbiylar otryadi Ğazoga fuqarolik avtomobilida kirgan. Isroilliklar 7 nafar falastinlikni otib taşlaşgan, öldirilganlar orasida HAMASning nufuzli qömondonlaridan biri, «Izz ad-Din al-Qassam» brigadasi a'zosi Nur Baraka ham














