Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patek Philippe soati rekord narxga sotildi
Foto : Monaco Legend Auctions
Abadiy taqvimga ega Patek Philippe shveysar soati Jyenevadagi Sotheby's auksion uyidagi savdolarda 3,9 mln shveysar frankiga (3,88 mln dollar) pullandi va bu borada jahon rekordi o‘rnatdi.
Kumush siferblatli oltin soat hafta kuni, sana va Oy fazasini ko‘rsatadi, unda xronograf ham bor. Soat qo‘lda yurgaziladi. U 1952 yilda yasalgan, orqa qopqog‘ida “RC 25 may 1956 yil” yozuvi o‘yib tushirilgan. Bu yozuvdagi harflar soatning birinchi egasi ismi-familiyasining bosh harflari hisoblanadi, ammo uning kim bo‘lgani noma'lumligicha qolgan.
Soatga uning 1956 yil 18 mayda ilk bor sotilganini tasdiqlovchi arxiv hujjati ilova qilingan.
Ta'kidlanishicha, soatning yangi egasi shaxsi noma'lumligicha qolgan. Shunisi ma'lumki, soatni “savdo zalining orqa qatorida o‘tirgan va telefoni orqali xitoycha so‘zlashgan yosh osiyolik ayol” qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026
Zelenskiy: Jyenevadagi muzokaralar natijalari yetarli emas
14:37 / 17.02.2026