Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri Yositaka Sakuradaning parlament quyi palatasidagi debatlar vaqtida aytişiça, kompyuterdan foydalanmaydi. Bu haqda The Japan Times xabar bermoqda.
Sakurada sözlariga köra, unda kompyuterda işlaş uçun ehtiyoj yöq, biroq bu unga vazifalarini bajarişga tösqinlik qilmaydi.
«Men 25 yoşimdan beri öz xodimlarim va kotiblarimga körsatmalar berib kelaman, şuning uçun özim kompyuterdan foydalanmayman», - deya ma'lum qildi u. Amaldorning qöşimça qilişiça, kiberxavfsizlik bilan hukumat organlari özaro muvofiqlaşgan holda şuğullanayotgani sababli işda qandaydir muammolar yuzaga kelişi kerak emas.
Şuningdek, u atom elektr stansiyalari kiberxavfsizligini ta'minlaş böyiça çoralar töğrisidagi savolga javob qaytarişga qiynalgan: «Men aniq tafsilotlarni bilmayman».
Sakuradaning sözlari mustaqil qonun çiqaruvçilar tomonidan tanqid qilindi.
Xususan, Masato Imai şunday dedi: «Kompyuterga teginmaydigan odamning kiberxavfsizlik siyosatiga mas'ul ekani umuman tuşunarsiz».
Bundan avval Sakurada Olimpiya işlari böyiça vazir bölgan.












