«Özbektelekom» AK 15 kun içida Özbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oşirilişi haqida ommaviy axborot vositalarida çop etilgan xabarlarga rasmiy izoh berdi.  

Izohda aytilişiça, ötgan 10 oy mobaynida, «Özbektelekom» AKda zarur takomillaşiş işlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar işlab çiqildi va taşqi kanal imkoniyatlarini kengaytiriş va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvçilar uçun internet tarmoğiga çiqiş tezligini oşiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi.

“Joriy yilning boşida Özbekiston taşqi internet-kanallariga ulaniş faqat ikkita xalqaro boğlama orqali amalga oşirilardi. 2018 yil boşida boğlamalar öz mahsuldorligining çegarasida, deyarli işlamay boşlagandi. Şu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyaning texnik xizmatlari bosqiçma-bosqiç modernizatsiya işlarini ötkazmoqda, buning natijasida «Özbektelekom» AK şu yilning oxiriga qadar UZTELECOM’dan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste'moli uçun zarur bölgan tezlikni ta'minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barça arizalari çeklovlarsiz va töla hajmda qondiriladi. UZTELECOM kompaniyasi UZONLINE va UZMOBILE abonentlari uçun yanada jozibador tarif rejalarini joriy etişni rejalaştirmoqda”, - deyiladi kompaniya rasmiy izohida.

Avvalroq “Özbektelekom” AK mas'ul xodimi Yunus Kamolov ÖzA muxbiriga bergan javobida şu yilning 1 dekabr sanasidan Özbekistonda internet tezligi 10 barobarga oşirilişi haqida ma'lum qilgani xabar qilingandi.