Amerikalik maşhur boksçi Floyd Meyuezer UFC çempioni Xabib Nurmagomedov köproq pul topişi uçun u bilan jang qilişi kerakligini aytdi.

“Agar Xabib boks jangini istasa, biz uni taşkillaştira olamiz. Agar u UFC’da qolib, öşa-öşa pulni topişni istasa, u bunga ham haqli. Xabib Konor Makgregor bilan jangi uçun 3-4 mln dollar oldi. Men bilan jang qilsa, ança köproq pul topadi”, deb aytgan Meyuezer.

Meyuezer Makgregor heç qaçon yuqori haq oluvçi sportçilar röyxatida bölmagani, biroq 2017 yil avgustda u bilan jang qilgandan keyin bu röyxatda yuqorilab ketganini eslatib ötgan.

5 noyabrda Rizin yapon taşkiloti boş direktori Nobuki Sakakibara MMA qoidalari böyiça Meyuezer va yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukava örtasida jang taşkillaştirilişini ma'lum qildi. Jang 31 dekabrda Tokioda bölib ötadi va Meyuezer uçun MMAdagi debyut jang böladi.

Avvalroq Meyuezerga jang qiliş taklifi bilan Nurmagomedov çiqqan, biroq amerikalik bunga javoban faqat boks qoidalari böyiça jang qilişini aytgan.