Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötkazib yuborilgan debitorlik qarzi yuzaga kelganda amalga oşiriladigan xatti-harakatlar tartibi belgilangan, deb yozmoqda Norma.
 
Qayd etilişiça, hujjat 2019 yil 1 yanvardan kuçga kiritilişi möljallanmoqda.
 
Loyihada taşqi savdo kontraktlari böyiça muddati ötkazib yuborilgan debitorlik qarziga oid dalillarni aniqlaş tartib-taomili, soliq organlari uni söndiriş yuzasidan amalga oşiradigan çora-tadbirlar belgilangan. Bundan taşqari, debitorlik qarzining muddati ötkazib yuborilganligi uçun jarimalarning yangi miqdorlari taklif etilgan.
 
Eslatib ötamiz, import kontraktlari böyiça debitorlik qarzining yöl qöyiladigan muddati tölov amalga oşirilgan kundan boşlab 180 kalendar kunni taşkil etadi. Eksport operatsiyalari böyiça 1.12.2017 yildan boşlab yagona muddat – 120 kalendar kun belgilandi, şundan keyin debitorlik qarzining muddati ötkazib yuborilgan hisoblanadi. U quyidagiça hisoblanadi:   

•  işlar va xizmatlar eksporti böyiça – bajarilgan işlarni qabul qiliş dalolatnomasi imzolangan paytdan boşlab;
•  tovarlar eksporti böyiça – bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylaştirilgan paytdan boşlab.
 
Amaldagi qoidalarga binoan, belgilangan muddatlardan 30 bank kuni ötgaç, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga esa 60 bank kuni ötgaç jarima solinadi. Uşbu muddatni tegişinça 45 va 90 kungaça oşiriş taklif etilmoqda. Buning ustiga rejalaştirilayotgan tahrirda eksport böyiça muddati ötkazib yuborilgan debitorlik qarzi uçun faqat davlat iştirokidagi eksport qiluvçi korxonalarga javobgarlik yuklatiladi.
 
Jadvalda debitorlik qarzini belgilangan muddatlarda söndirişni keçiktirganlik uçun jarimalarning taklif etilayotgan miqdorlari körsatilgan.

Bunda taşiş, saqlaş yoki eksport qiluvçiga boğliq bölmagan boşqa sababga köra yaroqsiz holga kelgan olib çiqilgan tovarlarga nisbatan jarimalarni qöllamaslik taklif etilmoqda. Buning uçun vakolatli organning ekspertiza dalolatnomasi va (yoki) tovarlar turgan mamlakat bojxonasi tomonidan berilgan ularning yöq qilinganligi tasdiği talab etiladi.
 
Xorijiy banklardagi sçyotlarda çet el valyutasini ruxsatsiz saqlaganlik yoki boşqaning foydasiga undan voz keçganlik uçun korxonalarga javobgarlikni yuklaş taklif etilmoqda. Bu Soliq kodeksining 114-moddasi böyiça sanksiyalarni (soliqlarni qöşimça hisoblagan holda 20% jarima) qöllagan holda valyuta tuşumini yaşiriş deb topilişi mumkin.
 
Soliq organlari bunday dalillar yuzasidan ma'lumotlarni tijorat banklari, bojxonaçilar va xöjalik yurituvçi sub'yektlardan, şuningdek Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYaEAT) orqali oladilar. Xöjalik yurituvçi sub'yektlarga bajarilgan işlar/körsatilgan xizmatlar dalolatnomasi töğrisidagi axborotni u tuzilgan kundan boşlab 3 bank kuni içida TSOYaEATga kiritiş majburiyati yuklatiladi. Bunday ma'lumotlarning kiritilmasligi yoki öz vaqtida kiritilmasligiga eksport-import operatsiyalarini amalga oşiriş tartibini buziş deb qaraladi.
 
Soliq organlari ötkazadigan tekşirişlar natijalariga köra muddati ötkazib yuborilgan debitorlik qarzini aniqlaş tartibi ham saqlanib qoladi. Bu holda Soliq kodeksiga muvofiq çoralar köriladi.
 
Debitorlik qarzining muddati ötkazib yuborilganligi töğrisida olingan ma'lumotlar tasdiqlanganda soliq idorasi 5 iş kuni davomida bu haqda ma'lumotnomani rasmiylaştiradi. Söng uni soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali yoki poçtadan buyurtma xat bilan xöjalik yurituvçi sub'yektga yöllaydi. Şundan keyin 3 iş kuni ötgaç, ma'lumotnoma topşirilgan deb hisoblanadi. Topşirilgan kundan boşlab 2 iş kuni içida jarimani ixtiyoriy ravişda tölaş töğrisida talabnoma rasmiylaştiriladi, unda muddati ötkazib yuborilgan debitorlik qarzi summasi, çet el valyutasida va sömdagi ekvivalentda ifodalangan jarima summasi körsatiladi. Talabnoma xöjalik yurituvçi sub'yektga ma'lumotnoma singari yöllanadi.

Xöjalik yurituvçi sub'yekt talabnomani olgan kundan boşlab 10 kun içida soliq idorasiga jarimani ixtiyoriy ravişda tölaşga roziligi haqida yoxud uni tölaşdan boş tortişi haqida bildirişnoma yöllab, javob qaytarişi kerak. Bundan boş tortganda jarimani tölamaslik uçun asos böladigan hujjatlarni ilova qilişi şart. Uşbu şartlar bajarilmagan taqdirda soliq idorasi mazkur xöjalik yurituvçi sub'yektdan jarima undirişni talab qilib, sudga da'vo arizasi beradi.
 
Jarimani ixtiyoriy ravişda tölaş uçun xöjalik yurituvçi sub'yekt talabnomani olgan paytdan boşlab 5 kun içida soliq organiga aniq tölov muddati körsatilgan ariza bilan murojaat qilişi mumkin. U 30 kundan, ayrim hollarda esa – muddat beriş töğrisida qaror qabul qilingan kundan boşlab 6 oydan oşmasligi kerak. Agar jarimani ixtiyoriy ravişda tölaş uçun berilgan muddat ötib ketsa, soliq organlari sudga murojaat qiladilar. 
 
Belgilangan muddatlar ötib ketganidan keyin taşqi savdo operatsiyalari böyiça debitorlik qarzini söndiriş çoğida ham xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan jarima qöllaş taklif etilmoqda.  
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.