AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin bilan uçraşuvda ma'lum qilişiça, Kiyev va Vaşington «Şimoliy oqim - 2» gaz quvuri loyihasini amalga oşirişga qarşi birgalikda iş olib boradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Pompeoning fikriga köra, loyiha Ukrainaning iqtisodiy va strategik xavfsizligini zaiflaştirmoqda, şuningdek, uning bildirişiça, Rossiya gaziga boğliq bölgan Yevropa davlatlari suverenitetiga tahdid solyapti.

«Biz yevropalik döstlarimiz siyosiy-iqtisodiy bosim qurboniga aylanişlarini istamaymiz, Rossiya buni sovet ittifoqi qulligidan ozod bölgani uçun Ukrainada sinovdan ötkazdi», - dedi Pompeo. 

Eslatib ötamiz, avvalroq UXX sobiq rahbari Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş oqibatlarini baholagandi.