Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tantanali ravişda Roğun gidroelektr stansiyasining birinçi agregatini işga tuşirdi va şu tariqa stansiya işiga start berdi.
Marosimda stansiyani qurganlar, faollar, olimlar, yoşlar, mehnat faxriylari, Duşanbedagi diplomatik korpus vakillari va dunyoning turli nufuzli taşkilotlari hamda uyuşmalari mutaxassislari iştirok etişgan. Şuningdek, marosimda Özbekiston, Rossiya, Qirğiziston, Afğoniston, Italiya delegatsiyalari, tojikistonlik va xorijiy jurnalistlar ham qatnaşgan.
Tojikiston prezidenti agregatni işga tuşirişdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tuşgan.
«Bugun bizda bayram. Barça tojikistonliklar uçun çeksiz bayram, çunki uzoq kutilgan voqea yuz berdi. Biz Roğunni işga tuşirdik va u ilk elektr energiyani bera boşladi. Bu sana tojik xalqining tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi», deb aytgan Rahmon.
Stantsiya qurilişida 25 mingdan köproq quruvçi, muhandis va boşqa texnik xodimlar iştirok etgan. Roğun GESining barça 6 ta gidroagregati işga tuşirilgaç, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta köproq elektr energiya işlab çiqara boşlaydi.
Agregat respublikaning umumiy energetik tizimiga ulangan.

2016 yil 29 oktabrda Tojikiston prezidenti iştirokida GESning töğoni qurilişi boşlangan. Öşa kuni Rahmon buldozer ruliga ötirib, Vaxş daryosi özanini tösiş böyiça işlarga start bergandi.
Roğunda umumiy hisobda loyihaviy quvvati 600 megavattlik 6ta gidroagretat örnatiladi, stansiyaning jami quvvati 3600 MVtni taşkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.
Loyihaga köra, GES töğonining balandligi 335 metrni taşkil qiladi. E'tiborlisi, loyiha yakuniga yetkazilgaç, uşbu töğon öz turidagi dunyodagi eng balandi böladi.








