Şimoliy Koreya öz hududidan AQŞ fuqarosini çiqarib yubordi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilgan.

Bryus Bayron Lourens ismli amerikalik 16 oktabrda Şimoliy Koreya va Xitoy örtasidagi çegara orqali Şimoliy Koreya hududiga noqonuniy ötgaç, qölga olingan.

“Tergov davomida Lourens AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi buyruği bilan Koreyaga noqonuniy ötgani haqida körsatma bergan”, deyilgan xabarda. Ta'kidlanişiça, tergov natijasiga köra, erkakni Koreyadan haydab çiqarişga qaror qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Reuters axborot agentligining ta'kidlaşiça, 2017 yil noyabrida şunday ismli amerikalik Şimoliy Koreya çegarasi yaqinida izğib yurgandan keyin Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingan. Biroq bu ikki holatdagi odamlar aynan bir kişiligi yoki yöqligi aniq emas.

Vaşington va Pxenyan munosabatlari Şimoliy Koreya va AQŞ yetakçilarning 12 iyundagi sammitidan keyin ança yaxşilangan.

Uçraşuv oldidan mayda Pxenyan öz turmalaridan 3 amerikalikni ozod etgani ma'lum qilingan. Ular buzğunçilik va duşmanona harakatlarni sodir etiş ayblovi bilan qölga olinib, mehnat lagerida jazo ötaşayotgan bölgan.